Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Kevin De Bryuyne uchun Saudiya klubi katta mablag‘ taklif qilmoqchi

A A A
Kevin De Bryuyne uchun Saudiya klubi katta mablag‘ taklif qilmoqchi

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne Saudiya klublarining kelasi yozdagi maqsadlaridan biri. Ma’lumki, "shaharliklar" o‘z yetakchisini sotishni istashmayapti, belgiyalikning o‘zi esa ketish niyatida emas.

Shunga qaramay, jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, yozgi transfer oynasida Saudiya Arabistoni chempionati vakillari 32 yoshli futbolchini o‘z saflariga tortishga harakat qilishadi.

Potensial xaridorlarning fikricha, yuqori darajadagi kelishuv uchun muhim bonuslar bilan birga 100 million funt sterlingdan ko‘proq (taxminan 117 million yevro) kerak bo‘ladi. Kevin De Bryuynening "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:37 30.04.2024. O'qildi: 1000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!