Bugun 21 mart, 2025 yil, juma

КИР

Keskin vaziyat: Xitoyda to‘rtta kanadalik qatl etildi

Keskin vaziyat: Xitoyda to‘rtta kanadalik qatl etildi

Xitoyda giyohvand moddalar kontrabandasida ayblangan to‘rt kanadalik qatl qilindi.

Kanada rasmiylari qatllar shu yil boshida amalga oshirilganini aytdi, deb xabar berdi Reuters. Ottava voqeani keskin qoraladi.

Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joliga ko‘ra, qatl etilganlarning barchasi ikki fuqarolikka ega edi. Ularning shaxsi oshkor qilinmayapti.

Joli o‘z bayonotida kanadalik Robert Shellenberg ishini esladi. 2019 yilda Shellenberg xuddi shu ayblov bilan o‘lim jazosiga hukm qilingan, biroq hukm ijro etilmagan.

Kanada rasmiylari, jumladan, sobiq bosh vazir Jastin Tryudo to‘rt kanadalik ishini diqqat bilan kuzatib, qatl qilinishining oldini olishga harakat qildi, dedi Joli.

Xitoyning Kanadadagi elchixonasi Ottavani “mas’uliyatsiz bayonotlar berishni bas qilishga” chaqirdi. Missiya Pekin "tegishli Kanada fuqarolarining huquq va manfaatlarini to‘liq kafolatlaganini" ta’kidladi va Kanadadan Xitoyning sud suverenitetini hurmat qilishni so‘radi.

Kiritildi: Bugun 01:54. O'qildi: 1906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!