Keniya tashqi ishlar vaziri Musaliya Mudavadi rossiyalik rekrutyorlik tarmoqlari orqali aldanib, Ukraina frontiga yuborilgan keniyaliklar halok bo‘lganidan so‘ng Moskvaga tashrif buyurishini ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, keniyalik fuqarolarga daromadli ish va’da qilingan, ammo ular urush hududiga yuborilgan. Mudavadi Rossiya tomonini Keniya fuqarolaridan “tirik qalqon” sifatida foydalanganlikda keskin tanqid qildi.
U Moskvaga rejalashtirilgan tashrif mart oyida bo‘lishini ta’kidladi.