Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Kelinchak nega shiftni teshib yubordi?

A A A
Kelinchak nega shiftni teshib yubordi?

Ha, hayotda shunday hodisalar ham uchrab turarkan. Kelin ortiga o‘girilib qarab, nima ish qilib qo‘yganini bilib, shokka tushib qoldi. Hozircha jabrlanganlar xususida ma’lumot yo‘q.

Agar tafsilotlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ijtimoiy tarmoqlarda Xitoydagi bir to‘y bilan bog‘liq g‘alati hodisa hozirda keng muhokama qilinmoqda. Kelin ortiga o‘girilib, dugonalariga qarata guldastasini irg‘itadi. Biroq bu guldastani tutib olish hech bir qizga nasib etmadi. Aksincha, u to‘g‘ri shiftga uchib borib tegdi va mehmonlar ustiga shift bo‘laklari uchib tusha boshladi.

Foydalanuvchilar fikricha, yoki guldasta juda og‘ir bo‘lgan yoki kelinchak juda kuchli qiz bo‘lgan.

Xitoyda shu kabi hodisalar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Masalan yaqinda Urumchi shahrida bir kuyov kelinga uy o‘rnida 33 tonna keladigan va narxi 160 ming dollar bo‘lgan tosh bo‘lagini sovg‘a qilgandi.

Kiritildi: 09:11 14.05.2018. O'qildi: 2282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik