Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qo‘shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o‘tadi

A A A
Kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qo‘shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o‘tadi

Sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev yoshlarni talabalikka qabul qilish tizimini o‘zgartirishga oid rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Endi yoshlarimizning maktabda o‘qigan baholarini ham inobatga olish amaliyotini yo‘lga qo‘yamiz.

Kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qo‘shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o‘tadi va uning natijalariga qarab oliygoh, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xabaringiz bor, xorijiy tillardan xalqaro sertifikati bor abituriyentlarga chet tili bo‘yicha imtihon topshirmaslik imtiyozini bergan edik.

Endi, bu imtiyozni matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro tan olingan sertifikati bor yoshlarga ham tatbiq etamiz”, – dedi nomzod.

Kiritildi: 14:11 06.07.2023. O'qildi: 3051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!