Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kelgusi haftalarda Xitoy bilan muzokaralarning yangi bosqichi kutilmoqda

Kelgusi haftalarda Xitoy bilan muzokaralarning yangi bosqichi kutilmoqda

Bir necha hafta ichida AQSh va Xitoy delegasiyalari o‘rtasida savdo muzokaralarining yangi bosqichi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent CNBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Kelgusi bir necha hafta ichida kengroq kelishuv ustida ishlashni boshlash uchun yana uchrashamiz, deb umid qilaman”, dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvning aniq tafsilotlari – sana va joy hozircha belgilanmagan.

Bessentning aytishicha, ikki delegasiyaning Jenevada bo‘lib o‘tgan uchrashuvi puxta o‘tgan va Xitoy tomoni AQShga prekursorli giyohvand moddalar oqimini to‘xtatishda yordam berishga jiddiy yondashayotganini ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, Shveysariyada Xitoy va AQSh delegasiyalari o‘rtasidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar savdo-iqtisodiy maslahatlashuvlar mexanizmini yaratish, shuningdek, bojlarni 90 kunga o‘zaro kamaytirishga kelishib olgan edi.

Kiritildi: 17:01 12.05.2025. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!