Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

“Keksalar haftalagi” munosabati bilan shashka-shaxmat bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi

“Keksalar haftalagi” munosabati bilan shashka-shaxmat bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi

2019 yilning 27 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisida mamlakatimizda “Keksalar haftaligi”ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, Nizomiy nomidagi Tshkent davlat pedagogika universiteti faxriy professor-o‘qituvchilari uchun “Keksalar haftaligi” tashkil etildi. Haftalik doirasida nafaqadagi professor-o‘qituvchilarning universitetga tashrifi, talabalar uchun maxsus ochiq darslar tashkil etildi. Shuningdek, faxriy xodimlar o‘rtasida yutuqli sport musobaqalari tashkil etildi, deb xabar bermoqda universitet matbuot xizmati.

Ma’lumki, mamlakatimizda oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilandi. Mazkur haftalik doirasida joriy yilning 4 oktyabr kuni fizika-matematika fakultetida aql gimnastikasi sifatida e’tirof qilinuvchi shaxmatni keng targ‘ib qilish, sportning ushbu turiga fakultetda bir necha yillar faoliyat ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilarni jalb qilish maqsadida Faxriylar kubogi sport musobaqasi tashkil etildi.

Fizika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari va faxriylar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat musobaqasidan ko‘zlangan maqsad ham professor-o‘qituvchilarining sportga qiziqishini oshirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdan iboratdir. Musobaqa 2 bosqichda tashkil qilindi. Birinchi bosqich ko‘p yillar fakultetda faoliyat ko‘rsatgan, hozirgi kunda nafaqa gashtini surayotgan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida, ikkinchi bosqich kafedralarda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar birinchiligi uchun o‘tkazildi. Musobaqada barcha o‘qituvchilar faol ishtirok etdi. G‘oliblarga diplom hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.

Kiritildi: 14:09 22.10.2019. O'qildi: 2060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!