Kecha Turkiya chempionatining navbatdagi turida "Istanbul Bashakshehir" jamoasi o‘z maydonida "Qosimposha"ni mehmon qildi.
Ushbu bahsda terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Qayd etish kerak, Eldor Shomurodov uchrashuvdagi birinchi va so‘nggi gol muallifiga aylandi. Sofascore nashri kechagi uchrashuv uchun Shomurodovning harakatlariga 8,6 ball baho qo‘ygan.