Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Kecha qurilgan bino bugun buzildi. Nega?!

Kecha qurilgan bino bugun buzildi. Nega?!

Kunning ikkinchi yarmi. Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Laylakxona mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiya darsida. Murabbiy Anvar Namozov mashg‘u lotni har qancha zavq bilan o‘tmasin, bolalar mudrab o‘ti ribdi. Negaki, bolalar sport zalida, sport formasida emas, sinf xonasida, deb yozadi mahalladosh nashri.

Havo harorati sovib ketganda jismoniy tarbiyani xonalarda o‘tishga majburmiz, deydi Anvar Namozov. Sport mashg‘ulotlarini o‘tish uchun bizda sharoit yo‘q. Shu bois darslar nazariy savol- javob tarzida o‘tiladi.

Maktab direktorining xo‘ jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbo sari Toshquvvat Eshmatovning bildirishicha, 2018 yilning avgust oyida Agromash ta’mir qurilish MCHJ tomonidan sport zali qurilgan. Nomiga gina tiklangan bu zal talabga mutlaqo javob bermaydi. Hali dars o‘tilmasidanoq devorda gi suvoqlari to‘kilgan, polga yoyilgan kafellar o‘ynab qolgan. Yomg‘ir yog‘ib, shamol bo‘lganida binoning tom qismi yuvilib, zal suvga liq to‘lgan.

O‘tgan vaqtiga, qilgan mehnatiga achinmasa

Bu voqeadan MCHJ rahbari Davlat Xurramov uch oy burun boxabar qilingan.

Qurilish ishlarini yakun lab, sport zali ni avgust oyida foydalanishga topshirganman, deydi D.Xurramov. O‘shanda mak tab direktori Nu riddin Mo‘minov sport zalini qabul qilib olgan. To‘g‘ri, qurilishda biroz kamchilik va muammo bor, ammo buni 3 yil davomida tuzatib berishimiz haqida maktab ma’ muriyatini ogohlantirganmiz. Qo‘ng‘iroq qilishsa, borib qay ta ta’mirlab beramiz.

Haqli savol tug‘iladi: nega bino sifatsiz, qo‘l uchida qu rilgan. Nahotki, quruvchilar o‘tgan vaqtiga, qilgan mehna tiga achinmasa?! Kelajak ega lari kamolga yetadigan ta’lim maskani qurilishiga shunday munosabatda bo‘lishga ularning vijdoni qanday yo‘l qo‘ydi?!

O‘quvchilarning eng se vimli darslaridan biri jismoniy tarbiya, deydi maktab direktori Gulshod Xo‘ jamurodova. Ammo yetarlicha sharoit bo‘lmagani bois biz ning o‘g‘il-qizlar uchun sport mashg‘ulotlari zerikarli o‘tadi. Mahallamizda sport to‘garakla ri yo‘q, o‘quvchilar tuman mar kazidagi sport majmualariga qatnashadi. Shu holatda ham o‘spirinlar sportdan ko‘ngil uzmayotgani quvonarli. Yaqinda o‘tkazilgan Umid nihollari musobaqasida 8-sinf o‘quvchisi Sevinch Ergasheva yengil atleti ka, Mohichehra Qurbonova bi lan Sanjar Yo‘ldoshev shashka bo‘yicha faxrli o‘rinlarni egal lashdi. Bu bizni quvontiradi. Ammo shu qorako‘zlarning sport bilan yayrab shug‘ullanishi uchun sharoit yaratib berolmayotgani mizdan xafa bo‘lib ketaman.

Pul yig‘ib yashil palos olishgan

1990 yilda qurilgan, 222 nafar yosh ta’lim-tarbiya olayot gan muassasada nomigagina pardozlash ishlari bajarilgan, xolos. Poydevorsiz qurilgan maktabning pardozi esa ilk kuzak yomg‘iridayoq yuvilib ket di. Sinf xonalarida fanga oid ko‘rgazmali qurollar yo‘qligi yetmaganidek, partalar ham abgor ahvolda. Achinarlisi, xonalarning pol qismiga to‘ shaladigan linoleum o‘rniga o‘qituvchilar o‘zlari pul yig‘ib, yashil palos sotib olib, to‘shab qo‘yishgan. Fizika, kimyo va biologiya fanlarining labora toriya xonasida o‘tilishi har bir o‘quvchining orzusi.

Maktab ma’muriyatining ta’ kidlashicha, maktabdagi bu holat haqida tuman, viloyat mutasad dilariga bir necha marotaba mu rojaat qilingan. Biroq natija guvohi bo‘lganimizdek. Voajab, ta’limga e’tibor kelajakka e’tibor ekanini surxondaryolik mutasaddilar unutib qo‘yish ganmikan? Bu haqda yana muloha za yuritamiz, albatta.

Kiritildi: 15:53 15.02.2019. O'qildi: 3299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!