Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Kiyevga berilgan navbatdagi raketa zarbasidan so‘ng Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini taklif qildi.
Uning ma’lum qilishicha, takliflar Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasi bilan bog‘liq deb hisoblanadigan yuridik shaxslar ro‘yxatini kengaytirishni nazarda tutadi. Shuningdek, mazkur choralar Rossiyaning harbiy salohiyatini cheklashga qaratilgani ta’kidlandi.