Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Kattaqo‘rg‘onda 3ta uy yonib ketdi, 11 yoshli bolaning jasadi topildi

Kattaqo‘rg‘onda 3ta uy yonib ketdi, 11 yoshli bolaning jasadi topildi

2019 yilning 23 avgust kuni soat 10:41 da Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri Yakkabog‘ mahallasida joylashgan uylarda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasining xabar berishicha, voqea joyiga 5 ta asosiy va 1 ta yordamchi yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 10:47 da yetib borgan vaqtda bir biriga tutash qurilgan Qo‘shchinor ko‘chasidagi 33-uyning tomi, ichki qismi va jihozlari hamda Uchrobot ko‘chasidagi 8-uyning tom qismi va darvozaxonasi ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 11:25 da qurshab olingan va soat 13:05 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida Qo‘shchinor ko‘chasidagi 33-uyning tomi, shifti va ichki jihozlari 180 kv.metr maydonda yonib, alanga qo‘shni xonadonlarga tarqalishi natijasida Uchrabot ko‘chasidagi 8-uynig tomi, shift qismi va qisman ichki jihozlari 100 kv.metr maydonda hamda 6-uyning tom qismi 6 kv.metr maydonda yonib zararlangan. Ayanchlisi, yong‘inni bartaraf etish vaqtida Qo‘shchinor ko‘chasi 48-uyda yashagan 2008 y.t. M.R.ning (o‘g‘il bola) kuygan holdagi jasadi topilgan.

Hodisaning tahminiy sababi, alanga tarqalgan xonadonda yelim idishlarda saqlanib kelingan yengil alangalanuvchi suyuqliklar (benzin) oldida uyda yolg‘iz qoldirilgan bolalar tomonidan ochiq olovdan foydalanish.

 

 

Kiritildi: 14:50 24.08.2019. O'qildi: 3089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!