U salkam 30 mln so‘mlik qarzdorlikni bartaraf etmagan.
Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan “O.S” fermer xo‘jaligidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ foydasiga 28 mln so‘m qarzdorlik undirilishi belgilangan.
Byuroning Kasbi tuman bo‘limi tomonidan qarzdorga bir necha marotaba yozma va og‘zaki ogohlantirishlar berilishiga qaramasdan, qarzdorlik bartaraf etilmagan.
Shu sababli davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, raisga tegishli "Cobalt" rusumli avtotransport vositasi xatlab olindi hamda jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Joriy yilning 20-may kuni fermer xo‘jaligining qarzdorligi to‘liq bartaraf etildi va mashina shu zahoti qaytarildi.