Prezidentning “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, “Kasb vaucheri” ssuda sifatida beriladi va shaxs o‘qishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan so‘ng ssudani 2 yil davomida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga qaytaradi.
Quyidagi shaxslarga kasb-hunar kurslarida ta’lim olish davrida Jamg‘arma hisobidan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi:
- nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
- 3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda ta’lim olayotgan Kambag‘al oilalar reestridagi oilalar a’zolariga;
- doimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab ta’lim olayotgan shaxslarga.