Xususan, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, respublikada 332 ta kasb-hunar maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2024 yil 9-sinf bitiruvchilari kasb-hunar maktablariga joriy yil 1 iyuldan my.edu.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Ushbu ro‘yxatga olish jarayoni 20 iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn tarzda davom etadi.
Kasb-hunar maktablari o‘quvchilar uchun 100 dan ortiq kasbdan birini tanlash imkonini beradi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun platformaga (my.edu.uz) tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta ma’lumotlari va 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.