Garvard universiteti tadqiqotchilari kartoshkani pishirish usuli va 2-toifa diabet rivojlanish xavfi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik borligini aniqladilar. Ular 37 yil davom etgan tadqiqot natijalarini jamladilar.
Tadqiqot davomida 2-toifa diabetning 22 299 ta holati qayd etilgan. Ularning deyarli barchasi fast-fudlar va kartoshka-frini sevuvchilardir.
Haftada besh yoki undan ortiq marta kartoshka-fri iste’mol qilish diabet rivojlanish xavfini o‘rtacha 27 foizga oshiradi.
Kartoshkaning o‘zi zararli emas, lekin yuqori haroratda ularda xavfli akrilamid hosil bo‘ladi va yog‘da qovurish kartoshkani zararli trans yog‘lari bilan to‘ydiradi.