Hozirda Braziliya terma jamoasida bosh murabbiy bo‘lib ishlayotgan italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti faoliyati davomida birga ishlagan eng yaxshi futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Ular quyidagicha tartibda joylashdi:
1. Krishtianu Ronaldu
2. Ronaldo Nazario
3. Kaka
4. Luka Modrich
5. Toni Kroos
Ma’lumot uchun. Anchelotti faoliyati davomida "Rejjina", "Parma", "Yuventus", "Milan", "Chelsi", "PSJ", "Real Madrid", "Bavariya", "Napoli" va "Everton" kabi klublarda ishlagan.