Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Karimov taqdirlagan 95 nafar qahramon kim edi?

A A A
Karimov taqdirlagan 95 nafar qahramon kim edi?

1995 yildan 2016 yilgacha «O‘zbekiston Qahramoni» mukofotini olganlar 95 nafarni tashkil qiladi. Shulardan ayol qahramonlar 15 nafar.

Birinchi «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni birinchi Prezident Islom Karimovga berilgan. O‘zbekistonning Oliy mukofoti eng ko‘p 1999 yilda 9 kishiga berilgan.

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik davrida faqat 2019 yildagina uch nafar shaxs (Musa Yerniyazov, Lola Murotova va Xasan Normurodov)ga ushbu oliy mukofot nasib etgan.

2017, 2018 va 2020 yilda "O‘zbekiston Qahramoni" hech kimga berilmadi. 2020 yilda berilganda shifokorlar olishi mumkin edi. Ammo...

Mukofotga loyiq topilgan sohalar vakillari:

Qishloq xo‘jaligi xodimlari– 27 nafar

Konchilik– 9 nafar

Texnik xodim– 11 nafar

O‘qituvchi– 10 nafar

Shifokor– 7 nafar

Temir yo‘l xodimlari– 6 nafar

Hunarmand– 5 nafar

Yozuvchi– 3 nafar

Shoir– 3 nafar

Tarbiyachi– 1 nafar

Aktyor– 1 nafar

Olim– 1 nafar

Siyosatchi– 1 nafar

Hokim– 2 nafar

Eslatma: «O‘zbekiston Qahramoni» — O‘zbekistonning oliy darajadagi unvoni. 1994 yil 5 mayda ta’sis etilgan. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlari uchun beriladi. Unvon ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga ham berilishi mumkin.

Manba: Rost24.uz

Kiritildi: 22:36 04.01.2021. O'qildi: 8192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!