"Al Ittihod" klubining 37 yoshli forvardi Karim Benzema faoliyatini "Benfika"da davom ettirishi mumkin.
Goal nashri bergan xabarlarga ko‘ra, lissabonliklarning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyoning shaxsan o‘zi fransiyalik xujumchini klubga olib kelishni hoxlayapti. Ta’kidlanishicha, futbolchining o‘zi ushbu transfer amalga oshishi uchun maoshini kamaytirishga ham rozi bo‘lishi kerak. Strayker Riyod klubi safida yiliga 100 million yevro ishlab topadi. Ushbu transfer lissabonlikliklar uchun 7 millionga tushishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Benzemaning "Al Ittihod" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakuniga yetadi.