14-15 yosh toifasidagi bahslarda -52 kg. vazn toifasida Humoyunmirzo Halimov barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, musobaqaning 14-15 yoshlilar o‘rtasidagi bahslarda -57 kg. vazn toifasida Isomiddin Karimov hamda -63 kg. vazn toifasida Samandar Zokirov bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Shunday qilib, Yoshlar ligasi turnirida terma jamoamiz hisobida 2 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza, jami 9 medal mavjud.