Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Karantin: bankomatlarda naqd pulni plastik kartaga tashlasa bo‘ladimi?

Karantin: bankomatlarda naqd pulni plastik kartaga tashlasa bo‘ladimi?

Epidemiya sharoitida naqd pul muomalasidan tiyilish tavsiya etilmoqda. Shunday ekan, bankomatlarda «cash in», ya’ni naqd pul orqali plastik kartani to‘ldirish operasiyasini amalga oshirish funksiyasi bormi?

Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Husanxo‘ja Obidov 4 aprel kuni brifingda shu savolga javob berdi.

«Banklar tomonidan respublika miqyosida jami 5 mingdan ortiq bankomat joylarga o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan 948tasi cash in/out funksiyali bankomatlar hisoblanadi.

Ularning 548 donasi — Uzcard tizimi bankomatlari, 400tasi — «HUMO» tizimi bankomatlari.

Mazkur bankomatlar orqali mijozlar naqd pul mablag‘larini bank kartalariga kirim qilish imkoniyatiga ega», – degan Obidovning javobini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma’lumot uchun, Markaziy bank rasmiy saytining tegishli sahifasidan eng yaqin bankomat qayerdaligini va unda «cash-in» funksiyasi bor-yo‘qligini bilib olish mumkin.

Kiritildi: 16:33 04.04.2020. O'qildi: 2669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!