Kanada bosh vaziri Mark Karni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni G7 sammitiga taklif qildi.
Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.
Karnining aytishicha, u G7 sammitiga taklifni bir kun avval telefon orqali Zelenskiyga yetkazgan.
"Prezident Zelenskiy iyun oyida Albertada bo‘lib o‘tadigan G7 yig‘ilishiga taklif qilindi", dedi Kanada hukumati vakili.
Eslatib o‘tamiz, bu yil G7ga raislik qilayotgan Kanada 15-17 iyun kunlari Kanada g‘arbidagi Alberta provinsiyasining Kananaskis shahrida sammitga mezbonlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, G7 tarkibiga Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya va AQSh kiradi. 12-14 mart kunlari Kanadaning La-Malbay shahrida G7 tashqi ishlar vazirlari uchrashdi. Kanada 2025 yil 1 yanvardan boshlab G7ga raislik qiladi.