AQSh moliya vaziri Kanadaning Alberta provinsiyasi mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi mumkinligi haqida ma’lum qildi.
Skott Bessent siyosiy faol Jek Posobesga bergan intervyusida Albertani “AQSh uchun tabiiy hamkor” deb atadi.
"Ularning ajoyib tabiiy resurslari bor. Alberta aholisi mustaqil fikrlovchi odamlar. Eshitishimcha, ular Kanada tarkibida qolish yoki qolmaslikni aniqlash uchun referendum o‘tkazishi mumkin", — deya qo‘shimcha qilgan Bessent.
Ma’lumot uchun, Albertada Kanada neftning katta qismi qazib olinadi va uning daromadlari boshqa shtatlar bilan taqsimlanadi. Shu sababli provinsiyada Qo‘shma Shtatlarga qo‘shilish tarafdorlari mavjud, chunki mahalliy aholi AQSh tarkibida yanada farovon hayot kechirishlariga ishonadi.