Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Kanadadagi parlament saylovlarida liberallar g‘alaba qozondi

Kanadadagi parlament saylovlarida liberallar g‘alaba qozondi

"Kanadadagi parlament saylov natijalariga ko‘ra, mamlakatning amaldagi bosh vaziri Mark Karni yetakchilik qilayotgan Liberal partiya vakillari Quyi palatada (Palata of Commons) hukumat tuzish uchun yetarli o‘rinlarga ega bo‘lishi kutilmoqda", deb xabar bermoqda Kanadaning CBC va CTV News telekanallari.

Shu bilan birga, hozircha partiya parlamentda mutlaq ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritadimi-yo‘qmi, aniq aytish uchun hali erta ekani ta’kidlanmoqda.

"AQSh prezidenti Donald Trampning savdo urushi va Kanadani anneksiya qilish haqidagi tahdidlari kanadaliklarni g‘azablantirdi hamda Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarni saylovoldi kampaniyasining asosiy mavzularidan biriga aylantirdi", deya qayd etmoqda AFP.

Mart oyida Jastin Tryudoning o‘rniga Kanada bosh vazir lavozimini egallagan Mark Karni o‘z saylovoldi kampaniyasini aynan shu asosda tashkillashtirdi. Xususan, u Qo‘shma Shtatlarga qaramlikni kamaytirish maqsadida xalqaro savdoni kengaytirishga va’da berdi hamda Trampning tahdidlarini rad etdi.

60 yoshli Mark Karni ilgari hech qachon saylanadigan lavozimda ishlamagan. U bosh vazir etib tayinlanishidan avval investisiya bankiri bo‘lgan, shuningdek, Kanada va Buyuk Britaniya Markaziy banklariga rahbarlik qilgan.

Kiritildi: 11:58 29.04.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!