Kanadaning Vud Buffalo munisipalitetining minglab aholisi mintaqani qamrab olgan o‘rmon yong‘inlari tufayli evakuasiya qilinmoqda.
CBC News xabariga ko‘ra, Fort-MakMyurrey hududida yong‘inlar boshlanganidan keyin mintaqada «mahalliy favqulodda holat» e’lon qilingan.
Xususan, Vud Buffalo munisipaliteti o‘rmon yong‘inlari maydoni 21 ming gektarga yetgan va yong‘in aholi punktlariga yaqinlashganidan so‘ng, Fort-MakMyurrey, Beakon Xill, Abasand, Prair-krik va Greyling terrasi kabi hududlarni evakuasiya qilishni buyurdi.
Mintaqaviy yong‘in bo‘limi boshlig‘i Jodi Buts jurnalistlarga evakuasiya qarori 6000 ga yaqin odamga ta’sir qilishini aytdi. Buts o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashish uchun yetarli resurslar mavjudligini, biroq mintaqa aholisi xavf-xatardan himoyalangan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.