Bugun 1 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Kanadada million yillik tektonik yoriq faollashmoqda

Kanadada million yillik tektonik yoriq faollashmoqda

Kanadada joylashgan, 40 million yildan buyon faoliyatsiz bo‘lgan Tintin tektonik yorig‘i qayta uyg‘onmoqda. Kelajakda kuchli zilzilalar xavfi mavjud.

Viktoriya universiteti olimlari ushbu yoriqda ilgari ham kuchli zilzilalar sodir bo‘lganini ma’lum qilishdi. Oxirgi yillarda bu hududda 3−4 magnitudali bir necha mayda zilzilalar qayd etilgan. Ammo kelajakda bu ko‘rsatkich 7,5 magnitudagacha yetishi mumkin.

Yoriq hozirda har yili 0,2−0,8 millimetr orasidagi surunkali deformasiyani to‘plamoqda. Bu yer qatlamlarining asta-sekin surilishi orqali yuzaga kelmoqda va kuchli seysmik faollikka sabab bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotchilar sun’iy yo‘ldosh, dron va samolyotlar orqali olingan yuqori aniqlikdagi topografik ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Ushbu ma’lumotlar yoriqning qayta faollashishiga ishora qilmoqda.

Ma’lumot uchun, 30 iyul kuni Kamchatka yarim orolida 1952 yildan buyon kuzatilgan eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi.

Kiritildi: 18:06 07.08.2025. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!