Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Kanadada Isroilga qurol sotishni to‘xtatish talabi bilan Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Kanadada Isroilga qurol sotishni to‘xtatish talabi bilan Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Kanadadagi Ontario shahrida Falastin tarafdorlari Isroil va boshqa davlatlarga qurol sotishni to‘xtatishni talab qilib, miting o‘tkazdilar. Namoyish London shahrida bo‘lib o‘tgan harbiy va mudofaa konferensiyasiga javob sifatida tashkil etildi.

Konferensiyaning asosiy homiylari orasida General Dynamics, Deltek, Elbit Systems va Nortack Defense kabi Isroilga qurol yetkazib beruvchi yoki mamlakat hududida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bor edi.

100 ga yaqin falastin tarafdorlari konferensiya o‘tkazilayotgan binoga yig‘ilib, kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ydilar va Isroilga hamda boshqa davlatlarga qurol savdosini to‘xtatishni talab qildilar.

Namoyishchilar shuningdek, Kanada hukumatining harbiy xarajatlarni oshirish rejalariga qarshi chiqdilar.

“Biz Isroilga nisbatan qurol embargosi joriy etilishini talab qilamiz. Urush jinoyatlaridan foyda olayotgan bu kompaniyalar va hukumat amaldorlarining bu yo‘lda davom etishi mutlaqo qabul qilinmas”, — dedi namoyishchilardan biri ijtimoiy tarmoqdagi videomurojaatida.

Boshqa bir ishtirokchi esa namoyishning maqsadi “G‘azodagi genosid bilan bog‘liq yirik mudofaa korporasiyalarini fosh etish va qoralash” ekanini ta’kidladi.

Hodisa boshlanishidan sal oldin voqea joyiga 25 taga yaqin polisiya mashinasi yetib keldi. Polisiya ayrim namoyishchilarni yerga yiqitdi va moddiy zarar yetkazgan deb gumon qilingan bir nafar shaxsni hibsga oldi.

Kiritildi: 13:53 22.10.2025. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!