Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Kanadada “Dorian” to‘foni tufayli 300 dan ortiq kishi elektrsiz qoldi

Kanadada “Dorian” to‘foni tufayli 300 dan ortiq kishi elektrsiz qoldi

“Dorian” to‘foni tufayli Kanadaning janubi-sharqiy qismidagi Yangi Shotlandiya provinsiyasida yashovchi 300 dan ortiq aholi elektr tokisiz qoldi. Bu haqda Global News xabar berdi.

To‘fon Galifaksga yetganida zaiflashdi

“Dorian”, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 7 da, Galifaks port shahriga yetib borganida, zaiflashib, post-tropik bo‘ronga aylandi.

Nyu-Brunsvikda ham 14 mingta binoda elektr uzilgan

Xabarga ko‘ra, Nova Scotia Power elektr tarmog‘i ta’minlaydigan abonentlar elektrsiz qoladi. Ta’kidlanishicha, Nyu-Brunsvik provinsiyasida ham 14 mingta uy va korxona elektrsiz qolgan.

Qurolli kuchlar to‘fon ta’sirini yengishga yordam beradi

Jamoat xavfsizligi va fuqarolik himoyasi vaziri Ralf Gudeyl Twitter’dagi sahifasida Kanada qurolli kuchlari ob-havoning ta’sirini yengishda yordam berishini yozdi.

“Yangi Shotlandiya “Dorian” to‘foniga qarshi yordam so‘radi. Kanada hukumati esa bunga “ha” deb javob berdi. Kanadalik kuchlar qayta tiklash ishlariga yordam berish uchun safarbar qilinmoqda”, – deb yozdi vazir.

Kiritildi: 07:45 09.09.2019. O'qildi: 1544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!