Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Kanada va Yaponiya bosh vazirlari mudofaa sohasidagi hamkorlikni muhokama qildilar

Kanada va Yaponiya bosh vazirlari mudofaa sohasidagi hamkorlikni muhokama qildilar

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo va uning yaponiyalik hamkasbi Kisida Fumio mudofaa sohasida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi va global muammolarni hal qilishda birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi.

Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEK) yetakchilari sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar Yaqin Sharqdagi mojarolar, Shimoliy Koreyaning yadroviy qurol dasturi va raketa tahdidi kabi global muammolarni hal qilishda birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi.

Tryudo Yaponiya yetakchiligi va uning G7 raisligi davrida qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni saqlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Bosh vazirlar o‘z ustuvorliklarini ilgari surish yo‘lida birgalikda ishlashni davom ettirishni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.

Hukumat rahbarlari savdo, sarmoya va innovasiyalar, shuningdek, barqaror ta’minot zanjirlarini barpo etish yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlik muhimligini ta’kidladilar.

Tryudo va Kisida Rossiya-Ukraina urushini ham muhokama qilishdi.

Kiritildi: 08:52 18.11.2023. O'qildi: 994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!