Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Jolining aytishicha, Ukrainaga Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga uzoq masofali qurollardan foydalanishga ruxsat berish kerak. Bu haqda "RIA Novosti" yozmoqda.
Melani Jolining so‘zlariga ko‘ra, Kanadaning pozisiyasi shundan iboratki, "ukrainaliklarga Rossiyadagi harbiy nishonlarga qarshi uzoq masofali qurollardan foydalanishga ruxsat berish kerak". Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Kanada ittifoqchilar bilan suhbatlarda bu pozisiyani ilgari surish va bahslashishda davom etadi.
Zelenskiy avvalroq Ukraina parlamentida "g‘alaba rejasi"ni taqdim etgan, unda u G‘arb ittifoqchilaridan Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi qurollar, xususan, "Tomagavk" raketalarini yetkazib berishni so‘ragan.