Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Kanada Ukrainaga minalarni tozalash uchun zarur bo‘lgan uskunalar uchun katta mablag‘ beradi

Kanada Ukrainaga minalarni tozalash uchun zarur bo‘lgan uskunalar uchun katta mablag‘ beradi

Kanada Ukrainaga minalarni tozalash uchun zarur bo‘lgan uskunalar uchun 15 million Kanada dollari (11 million dollar) beradi.

“Ukraina rasmiylariga ko‘ra, mamlakat hududining 30 foizida minalar topilgan”, — dedi Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli.

Avgust oyida AQSh Ukrainadagi minalardan tozalash dasturiga 89 million dollar ajratgandi.

Mablag‘lar texnika xarid qilish va sapyorlarni tayyorlashga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan edi. Bir yil ichida Ukrainada 100 ta sapyorlar guruhi tayyorlanishi va jihozlanishi kerak.

Amerika hukumati vakillaridan biri Ukrainadagi vaziyatni Janubi-Sharqiy Osiyodagi 1960 va 70-yillardagi Amerika urushidan keyin Vyetnam, Kambodja va Laosdagi portlamay qolgan o‘q-dorilarni tozalash urinishlari bilan taqqosladi.

Kiritildi: 14:58 06.12.2022. O'qildi: 1449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!