Kanada AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilayotgan va G‘azo bo‘yicha keyingi qadamlarni muvofiqlashtirishi kerak bo‘lgan «Tinchlik kengashi»ga a’zo bo‘lish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Biroq a’zolik uchun talab qilinayotgan 1 milliard dollar qanday maqsadlarga sarflanishi hozircha noaniq.
Report xabariga ko‘ra, bu haqda Kanada bosh vaziri Mark Karni Qatar poytaxti Doha shahrida jurnalistlarga ma’lum qildi. Uning aytishicha, Tramp bu masalani bir necha hafta oldin ko‘targan, ammo tashabbusning tuzilishi va moliyalashtirish mexanizmi hali to‘liq aniq emas.
Karni Kanada ushbu mablag‘lar maksimal samara berishi tarafdori ekanini ta’kidlab, G‘azo aholisiga keng ko‘lamli va to‘siqlarsiz gumanitar yordam yetkazish hali ham ta’minlanmaganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu keyingi harakatlar uchun asosiy shart hisoblanadi.