Kanada Yevroittifoqqa a’zo bo‘lmagan davlatlar orasida birinchi bo‘lib “Evropa uchun xavfsizlik harakati” (SAFE) tashabbusiga qo‘shildi — Deutsche Welle.
"Evropa Ittifoqi va Kanada Ottavaning SAFE mudofaa dasturiga qo‘shilganini rasman e’lon qilgan. 150 milliard yevrolik ushbu fondga kirish huquqi Kanada kompaniyalariga harbiy texnika xarid qilishda moliyaviy imtiyozlar beradi", deya yozmoqda nashr.
Evropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va Kanada bosh vaziri Mark Karni qo‘shma bayonotida birgalikda global xavfsizlik uchun muhim davrda sanoatlar o‘rtasida mustahkam mudofaa ta’minot zanjirlarini shakllantirishini ma’lum qildi.
Karnining ta’kidlashicha, bu qadam Kanadaning mudofaa ta’minoti tizimini diversifikasiya qilish, shuningdek, mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini kuchaytirishga xizmat qiladi.