Kanada hukumati 2026-yilgi jahon chempionati davomida xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha 145 million Kanada dollari (taxminan 106 million AQSh dollari) ajratadi.
Bu haqda Kanada jamoat xavfsizligi vaziri Geri Ananda Sangari ma’lum qildi.
"Ushbu mablag‘lar provinsiyalar va munisipalitetlarning turnir davomida odamlar xavfsizligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, huquq-tartibot idoralarini tadbirni xavfsiz va yuqori saviyada tashkil etish uchun zarur resurslar bilan ta’minlaydi", — dedi Sangari Torontodagi matbuot anjumanida.
Xabarlarga ko‘ra, ajratilgan mablag‘ning 100 millioni Vankuverga, qolgan 45 millioni esa Toronto byudjetiga yo‘naltiriladi. Ta’kidlash joizki, avvalroq Kanada hukumati xavfsizlik uchun 220 million Kanada dollari ajratgan edi, yana 100 million dollar federal agentliklar uchun 2025-yilgi byudjetga kiritilgan.
Hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, barcha darajadagi (federal, mintaqaviy va shahar) xavfsizlik xarajatlarining umumiy miqdori 1 milliard Kanada dollaridan (732,3 million AQSh dollari) oshib ketadi.
2026-yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi. Kanada turnirning 13 ta uchrashuviga mezbonlik qiladi.