Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Kanada Falastin davlatini tan olishga tayyorligini ma’lum qildi

Kanada Falastin davlatini tan olishga tayyorligini ma’lum qildi

Kanada sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida Falastin davlatligini tan olishga tayyor – agar Falastinda saylovlar o‘tkazilsa, zarur islohotlar amalga oshirilsa, shuningdek, XAMAS harakati bo‘lajak hukumat tarkibida ishtirok etishdan bosh tortsa va qurolini tashlasa.

Bu haqda Kanada bosh vaziri Mark Karni ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kanada Isroilning tinchlik va xavfsizlikda yashayotgan mustaqil davlat sifatida mavjudligini doimo qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi. "Biroq, Isroilning xavfsizlik huquqini tan oladigan, barkamol va barqaror Falastin davlatisiz mustahkam tinchlikka erishish mumkin emas", — dedi Karni.

Shuningdek, u XAMASni 2023 yil 7 oktyabrda garovga olingan barcha odamlarni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi.

Kiritildi: 09:40 31.07.2025. O'qildi: 856 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!