Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kanada Yevropa Ittifoqining “Tayyorgarlik-2030” qayta qurollanish dasturiga qo‘shilmoqchi

Kanada Yevropa Ittifoqining “Tayyorgarlik-2030” qayta qurollanish dasturiga qo‘shilmoqchi

Mamlakat bosh vaziri Mark Karni bu 1 iyulgacha amalga oshishiga umid qilmoqda. Ottava shu yo‘l bilan mudofaa sohasida Qo‘shma Shtatlarga qaramlikni kamaytirmoqchi.

"Mudofaa sohasiga sarflanayotgan har bir dollardan 75 senti AQShga ketmoqda. Bu mantiqsizlik", — deya izoh berdi Kanada hukumati rahbari CBS efirida.

Shu bilan birga Karni mudofaa xarajatlarini oshirish muqarrarligini ta’kidladi, biroq bu Kanada manfaatlarini maksimal darajada hisobga olgan holda amalga oshirilishini qo‘shimcha qildi.

Hozirda Ottava mamlakat YAIMining 1,37 foizini mudofaa uchun sarflaydi, bu NATO'ning 2 foizlik maqsadli ko‘rsatkichidan ancha kam, deya qayd etadi CBS telekanali.

Kiritildi: 10:42 30.05.2025. O'qildi: 785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!