Kanada bosh vaziri Mark Karni Amerikaning yangi tariflarini noqonuniy va asossiz deb atadi, shuningdek, Ottava Vashingtonning bu harakatlariga javob berish uchun vaqt kerakligini aytdi.
"Amerikaning po‘lat va alyuminiy bo‘yicha so‘nggi bojlari asossiz va noqonuniydir", dedi hukumat rahbari jurnalistlarga, bizga "javob berishdan oldin biroz vaqt kerak, lekin ko‘p emas".
Karnining tushuntirishicha, Kanada hozirda Qo‘shma Shtatlar bilan tariflar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda va Vashingtonning harakatlari, o‘zi aytganidek, Kanadaga qarshi maxsus qaratilgan emas, balki global xarakterga ega.
Avvalroq AQSh prezidenti Donalmd Tramp po‘lat importiga bojxona to‘lovlarini 25 foizdan 50 foizga oshirishni ma’lum qilgandi. Shuningdek, bojlarning oshishi Amerika alyuminiy importiga ham ta’sir qilishi ma’lum qilindi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ma’muriyati 4 iyundan boshlab po‘lat va alyuminiyga boj to‘lovlarini 25 foizdan 50 foizga oshiradi.