Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Kanada AQSh tovarlariga 27,6 milliard dollarlik javob bojlarini joriy etadi

Kanada AQSh tovarlariga 27,6 milliard dollarlik javob bojlarini joriy etadi

Kanada 8 sentyabrdan boshlab umumiy qiymati 27,6 milliard dollar bo‘lgan AQSh tovarlari importiga javob bojlarini joriy etadi.

Bu haqda TASS Kanada moliya vaziri Fransua-Filipp Shampanga tayanib xabar berdi.

Vazirning ma’lum qilishicha, yangi boj stavkalari mahsulot toifasiga qarab 15, 25 yoki 50 foizni tashkil etadi.

Kanada tomonining choralari AQSh avvalroq Kanadaning xuddi shunday mahsulotlariga nisbatan joriy etgan tariflarga mos bo‘ladi.

Shampan, shuningdek, hozirda amalda bo‘lgan Kanada bojlari, jumladan avtomobillarga nisbatan joriy etilgan tariflar ham o‘z kuchida qolishini ta’kidladi.

Kiritildi: 23:15 25.08.2026. O'qildi: 547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!