Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Xet-trikdan keyin Mourinyo Mbappe haqida fikr bildirdi

Xet-trikdan keyin Mourinyo Mbappe haqida fikr bildirdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu hujumchi Kilian Mbappening o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi.

Chorshanba kuni fransiyalik forvard La Liga doirasida «Real Sosyedad»ga qarshi 4:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda xet-trik qayd etdi.

«Mbappe shunchaki gol uradigan futbolchi emas. U butun jamoa unga vaziyat yaratib berishini va o‘zi faqat hujumni yakunlashini kutib turmaydi. Yo‘q, u o‘yin jarayonida juda faol ishtirok etadi», — dedi Mourinyu matbuot anjumanida.

Bu portugaliyalik mutaxassisning 13 yildan so‘ng «Santyago Bernabeu»da «Real» bosh murabbiyi sifatida o‘tkazgan ilk uchrashuvi bo‘ldi.

Kilian Mbappe 2024 yilda «PSJ»dan «Real»ga o‘tganidan beri madridliklar safida 105 ta uchrashuv o‘tkazib, 89 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: Bugun 09:25. O'qildi: 776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!