Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

A A A
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

“Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-4688-son, 21.04.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil oktyabr oyida buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligi keng nishonlanadi.

Kamoliddin Behzod xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining ko‘chalaridan biriga uning nomi beriladi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

Shuningdek, “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy san’ati asarlari ijodiy tanlovi tashkil etiladi va har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib boriladi.

Qarorga ko‘ra, 2020 yil 15 sentyabrga qadar Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi xiyoboni zamonaviy qiyofada qayta tashkil etiladi va uning hududidagi Kamoliddin Behzod haykali 2022 yilda bronzaga o‘tkaziladi.

✅ O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzurida:

? Badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi;

? oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimida tayyorgarlik bosqichi sifatida Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi) tashkil etiladi.

Markaz faoliyati 2022 yil 1 yanvardan, Rassomlik mahorat ustaxonasi faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.

Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabiga yurtimiz tasviriy san’atiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli ijodkor Pavel Benkov nomi beriladi.

2020 yil 1 noyabrdan boshlab O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshiga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 100 foiz miqdorida oylik ustamalar belgilanadi.

Kiritildi: 09:36 22.04.2020. O'qildi: 2599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!