Isroil qo‘shinlari G‘azoning shimoliy qismidagi Bayt Lahiya shahridagi Kamol Advan kasalxonasi yaqiniga yana o‘q yog‘dirgan.
Direktor Hussam Abu Safiya Al-Jazira bilan suhbatda u yerdagi vaziyat haqida qayg‘uli xabar berdi.
U shunday dedi:
Ochlik tufayli kasalxonaga to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekish holatlaridagi bemorlar kela boshladi, ularning aksariyati bolalar va qariyalardir.
G‘azo shimolida dori vositalarining yetishmasligi va ocharchilik tarqalishi tufayli o‘lim xavfi keksa bemorlarning hayotiga tahdid solmoqda.
Shifoxonada shifokorlar va dori-darmonlar yo‘qligi sababli jarohatlanganlar har kuni hayotdan ko‘z yumadi.