Kamchatkada sodir bo‘lgan kuchli zilziladan so‘ng Yaponiyaning butun Tinch okeani sohillarida sunami xavfi e’lon qilindi.
Yaponiya Milliy meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, sunami to‘lqinlarining balandligi 1 metrga yetishi mumkin, ular mahalliy vaqt bilan soat 10:00-11:00 atrofida Yaponiya qirg‘oqlariga yetib boradi. Mahalliy aholini qirg‘oq chizig‘iga yaqinlashmaslikka chaqirishgan.
Yaponiyalik seysmologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Kamchatkada sodir bo‘lgan zilzila kuchi 8 ballni tashkil etgan. Shu bilan birga, Yaponiyaning o‘zida ham yer silkinishi sezilmagan.