Kamchatkada yuz bergan zilziladan so‘ng magnitudasi 7,5 gacha yetuvchi aftershoklar aftershoklar kamida bir oy davom etishi mumkin — Rossiya Fanlar akademiyasining Geofizika xizmat.
Seysmologlarning ma’lum qilishicha, sodir bo‘lgan asosiy zilziladan keyin 2–5 ball oralig‘idagi yana 30 ta sezilarli silkinish qayd etilgan.
Mahalliy ma’muriyatga ko‘ra, zilziladan keyin bir nechta odam tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan, ularning barchasining ahvoli qoniqarli.
"Zilzila sabab yuzaga kelgan sunami natijasida ba’zi joylarda port va “Alaid” baliq sanoati korxonasi suv ostida qoldi. Kamchatkadagi zilziladan so‘ng Kuril orollarida 2,7 ming kishi xavfsiz hududlarga evakuasiya qilindi", deb xabar bermoqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi.