Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kambodja Trampni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taqdim etmoqchi

Kambodja Trampni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taqdim etmoqchi

Kambodja hukumati AQSh prezidenti Donald Trampni Tailand bilan chegara nizosini hal etishdagi vositachiligi uchun Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatish niyatida.

Bu haqda mamlakat vise-premyeri Sun Chantol ma’lum qildi, deb yozadi The Wall Street Journal.
Chantolning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik rahbar nafaqat Kambodja va Tailand o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni to‘xtatishdagi xizmatlari, balki boshqa mintaqalardagi faoliyati uchun ham bu mukofotga munosib. Uning fikricha, Trampning diplomatik sa’y-harakatlari xalqaro tinchlikka hissa qo‘shgan.

Bu Trampning Nobel mukofotiga ilk nomzodligi emas. Ilgariroq AQSh Kongressi a’zosi, respublikachilar vakili Darrell Issa ham uni shu mukofotga tavsiya etgan edi.

Shuningdek, Kongress vakili Baddi Karter Trampni Isroil va Eron o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatishdagi rolini e’tirof etib, uni Nobel mukofotiga ko‘rsatgan. Bu tashabbusni Isroilning BMTdagi doimiy vakili Dani Danon hamda mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qo‘llab-quvvatlagan va Nobel qo‘mitasiga rasmiy xat yo‘llagan.

Kiritildi: 18:57 01.08.2025. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!