Kambodja bilan chegaradagi mojaroda halok bo‘lgan Tailand harbiylari soni 17 nafardan 19 nafarga ko‘paydi.
Bu haqda Tailand quruqlik qo‘shinlarining ikkinchi harbiy okrugi ma’lum qildi.
"Ta Kvay hududi va 350 tepaligida to‘qnashuvlar davom etmoqda. Janglar natijasida ikki nafar harbiymiz halok bo‘ldi", — deyiladi 16 dekabr kuni yakunlari sarhisob qilingan bayonotda. Avvalroq Tailand qo‘shinlari Surin provinsiyasidagi qadimiy Ta Kvay ibodatxonasi majmuasi ustidan nazorat o‘rnatgani, Kambodja kuchlarini hududdan haydab chiqargani xabar qilingandi.
7 dekabr kuni kichik qurolli to‘qnashuvlar boshlandi. 8 dekabr kuni Tailand quruqlik qo‘shinlari Kambodja qo‘shinlari chegara hududidagi pozisiyalarini o‘qqa tuta boshlagani haqida xabar berdi. Tailand havo kuchlari bunga javoban Kambodja harbiy infratuzilmasiga hujum qildi. Kambodja ushbu mojaro davomida tuzatib bo‘lmaydigan yo‘qotishlar haqida xabar bermadi, ammo Tailand ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlarda 200 dan ortiq kambodjalik harbiy xizmatchilar halok bo‘lgan. Kambodja axborot vaziri Net Pheaktra avvalroq 15 tinch aholi halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi.