Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan ayrim oilalarga subsidiya ajratiladi

Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan ayrim oilalarga subsidiya ajratiladi

Prezident farmoniga ko‘ra:

2025 yil 1 apreldan “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali, 2025 yil 1 sentyabrdan esa “Ayollar daftari” jamg‘armalari orqali to‘lanadigan bir martalik moddiy yordamlar o‘rniga kam ta’minlangan oilalar uchun nazarda tutilgan nafaqalar to‘lanadi.

2025 yil 1 maydan “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari hisobidan davolash va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish xarajatlari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali moliyalashtiriladi.

2025 yil 1 apreldan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam o‘rniga ushbu hududlarda yashovchi Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalarga uy-joyida artezian quduq qazish, suv nasoslarini o‘rnatish hamda ichimlik suv filtrlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi joriy etiladi.

❕Bunda subsidiya xarajatlarning 90 foizi, biroq BHMning 30 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratiladi.

2025 yil 1 maydan ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga BHMning 6 baravari miqdoridagi bir martalik nafaqa puli “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali to‘lanadi.

Tuman (shahar) hokimliklari huzurida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armalari tashkil etiladi.

Kiritildi: 14:19 12.02.2025. O'qildi: 963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!