Prezident farmoniga muvofiq, 2025 yil 15 maydan boshlab Kambag‘al oilalar reestridagi va unga tushish xavfi bo‘lgan oilalar maxsus toifalarga bo‘linadi:
🔴 “Qizil” toifa – eng og‘ir ahvoldagi, daromadi eng past va mehnatga layoqatsiz a’zolari bor oilalar.
🟡 “Sariq” toifa – daromadi past, lekin mehnatga layoqatli a’zolari bor oilalar.
🟢 “Yashil” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1–1,5 baravarigacha bo‘lgan hamda:
➖avval “qizil” yoki “sariq” toifadan chiqarilgan;
➖yoki reestrga tushish xavfi yuqori bo‘lgan oilalar kiradi.