Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Kamala Xarris: “Oq uyni boshqaradigan birinchi ayol bo‘lishim ehtimoldan xoli emas”

Kamala Xarris: “Oq uyni boshqaradigan birinchi ayol bo‘lishim ehtimoldan xoli emas”

AQSh sobiq vise-prezidenti 2028 yilgi prezidentlik saylovida nomzodini qo‘yishi mumkinligini bildirdi.

AQSh sobiq vise-prezidenti Kamala Xarris kelgusida prezidentlikka nomzodini qayta ilgari surish ehtimolini rad etmadi. BBC nashriga bergan intervyusida u siyosatdan butunlay chetlanish niyatida emasligini, jamoat xizmatini o‘z hayotining ajralmas qismi deb bilishini ta’kidladi.

“Men butun faoliyatimni odamlarga xizmat qilishga bag‘ishlaganman. Bu mening tabiatimda bor va bundan voz kecha olmayman”, — dedi u.

Xarrisdan “Oq uyni boshqaradigan birinchi ayol bo‘lishingiz mumkinmi?” deb so‘ralganida, siyosatchi “Ehtimol, ha”, deya javob qaytardi. Shu bilan birga, u hozircha prezidentlik saylovida ishtirok etish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmaganini bildirdi.

AQShda navbatdagi prezidentlik saylovi 2028 yilda o‘tkaziladi. Xarris o‘zining keyingi siyosiy qadamlari haqida hali yakuniy fikrga kelmaganini, biroq mamlakat ravnaqi yo‘lida faol bo‘lish niyatida ekanini qayd etdi.

Shuningdek, u Demokratik partiyada o‘z nomzodi “kuchsiz” deb baholanishi haqidagi fikrlarga javoban, “Men so‘rov natijasiga emas, ishonch va harakatga tayanganman”, deya bildirdi.

Intervyu davomida Kamala Xarris amaldagi prezident Donald Tramp faoliyatini ham tanqid qilib, uni davlat institutlaridan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanayotganlikda aybladi.

So‘nggi saylovda Xarris 48,43 foiz ovoz to‘plagan, biroq Tramp ustunlikni qo‘lga kiritgandi. Siyosiy tahlilchilarga ko‘ra, Xarrisning so‘nggi bayonoti uning 2028 yilgi saylovlarga tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborganidan darak beradi.

Kiritildi: Bugun 14:29. O'qildi: 182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!