Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kallas: "Rossiyaga qarshi sanksiyalar Markaziy Osiyoga zarar yetkazmoqda"

Kallas: "Rossiyaga qarshi sanksiyalar Markaziy Osiyoga zarar yetkazmoqda"

Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalar Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiga zarar yetkazmoqda, biroq joriy etilgan cheklovlarni bu mintaqa orqali chetlab o‘tishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas ma’lum qildi.

"Evropa Ittifoqi Rossiya urush mashinasini yo‘q qilish uchun 16 ta sanksiyalar paketini kiritdi va biz 17-paket ustida ishlamoqdamiz. Shuning uchun ham men sanksiyalarimizni chetlab o‘tishga, jumladan, Markaziy Osiyo orqali ham kurashish muhimligini ta’kidladim", - dedi Kaya Kallas.

Uning ta’kidlashicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar mintaqa mamlakatlari iqtisodiga zarar yetkazayotgan bo‘lsa-da, Rossiya kompaniyalariga cheklovlarni chetlab o‘tish uchun Markaziy Osiyoga murojaat qilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Kiritildi: 17:36 27.03.2025. O'qildi: 1029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!