AQSh Kaliforniya shtatidagi yong‘in qurbonlari soni 11 nafarga yetdi, deb yozmoqda "CBS News".
"Itonda olti kishi, Paliseydsda besh inson halok bo‘ldi", deyilgan bayonotda.
Joriy hafta o‘rtalarida boshlangan ushbu tabiiy ofat mintaqa tarixidagi eng halokatli yong‘inlardan biri sifatida tan olindi. Meteorologlar fikricha, olov tez tarqalishiga quruq havo va shamol sabab bo‘lgan.
O‘n mingdan ortiq bino kuyib bitgan. Ob-havoni kuzatish xizmati - "AccuWeather" hisob-kitobiga ko‘ra, zarar 150 million dollar atrofida bo‘lishi mumkin.