Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Kaliforniyadagi o‘likxonalarda joy qolmadi

A A A
Kaliforniyadagi o‘likxonalarda joy qolmadi

AQShning Kaliforniya shtatidagi o‘likxonalarda bo‘sh joylar qolmadi.

Bu haqda “CTV News” telekanali xabar berdi.

Los-Anjeles dafn marosimi byurosi rahbari Magda Maldonadoning aytishicha, ushbu holat uning 40 yillik faoliyati davomida birinchi marta sodir bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, byuro xodimlari odatdagidan olti karra ko‘proq jasadlar tashishmoqda.

Kaliforniya dafn marosimlari byurolari assosiasiyasining ijrochi direktori shtatda jasadlarni yoqish jarayoni sezilarli darajada sekinlashganini ta’kidlamoqda: ilgari bu bir yoki ikki kun davom etgan bo‘lsa, endi bir haftadan ko‘proq vaqt talab etilmoqda.

Kiritildi: 21:00 03.01.2021. O'qildi: 3277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!